BuxDTI matbuot xizmati

Xivada reproduktiv salomatlik sohasi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ish boshladi

photo_2022-09-24_08-30-37

Xivada reproduktiv salomatlik sohasi istiqbollariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ish boshladi

♻️ Bugun yurtimizda reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan birlamchi tibbiy yordam hajmini kengaytirish va sifatini oshirish, ayollar va o‘g‘il-qizlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, yuqori malakali tibbiyot kadrlarni tayyorlash masalalari sog‘liqni saqlash tizimining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib turibdi.\

💎Ushbu masalalarni muhokama qilish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan Xiva shahrida “O‘zbekistonning reproduktiv salohiyati: dinamikasi, muammolar va sa’y-harakatlarni birlashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.

👩🏻‍🍼 Tadbir davomida reproduktiv salomatlik, akusherlik, perinatologiya, ginekologiya, reproduktologiya, skrining va bachadon bo‘yni saratoni profilaktikasi bo‘yicha Fransiya, Shveysariya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Gruziya, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus va yurtimiz mutaxassislaridan iborat 250 nafar ishtirokchi mahorat darslari, seminar va davra suhbatlari o‘tkazishi rejalashtirilgan.