BuxDTI matbuot xizmati

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida” davra suhbati bo`lib o`tdi

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida” davra suhbati bo`lib o`tdi

O`zbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogikava psixologiya kafedrasida   “Xotin-qizlarni tazyiq va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida” davra suhbati bo`lib o`tdi. Bunda Buxoro shahar IIB FMB XQMB kata inspektor kapitan M.T.Nasibullayeva va institut “Xotin-qizlar maslahat kengashi” ning raisi Qurbonova G.N va kafedra professor-o`qituvchilari, institut talabalari ishtirok etdilar.

Dastlab, Buxoro shahar IIB FMB XQMB katta inspektor kapitan M.T.Nasibullayeva so`zga chiqib, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonlaridan O`zbekistonda istiqomat qilayotgan har bir xotin-qizning huquqlari davlat himoyasida ekanligi borasida olib borayotgan islohotlari va “gender’ tenglikning qonuniy va amaliy tadbig`ini topayotganligini ta`kidladi. institut “Xotin-qizlar maslahat kengashi” ning raisi Qurbonova G.N ham institut tomonidan xotin-qizlarga berilayotgan e`tibor va imkoniyatlar yuzasidan o`z fikrlarini bildirdi.