Xotira — elni xalq etguvchi qudrat
08.05.2024 2024-05-14 11:51Xotira — elni xalq etguvchi qudrat
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot institutida ko’p yillar davomida o’zining halol mehnati, fidoiy xizmatlari bilan talaba -yoshlar va institut jamoasida o’z o’rniga ega bo’lgan, kasbidan baraka topgan faxriy professor o’qituvchilar bilan uchrashuv tashkil qilindi. Mazkur tadbir ko’tarinki kayfiyatda tashkil etildi. Institut rektori Sh.Teshayev tadbir qatnashchilarini bayram bilan muborakbod etdi.




Xotira bor ekan,tirikdir millat,
Tirikdir-iftixor,tirikdir-g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.



