BuxDTI matbuot xizmati Korrupsiyaga qarshi kurash

Yakuniy nazoratlar shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda!

Yakuniy nazoratlar shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda1

Yakuniy nazoratlar shaffoflik asosida o‘tkazilmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 5-dekabrdagi 479-sonli buyrug‘i hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorining 2025-yil dekabr oyidagi tegishli buyruqlari asosida institutda 2025/2026 o‘quv yili kuzgi semestri yakunlari bo‘yicha barcha fanlardan yakuniy nazoratlar 2026-yil 12-yanvardan boshlab tasdiqlangan grafik asosida tashkil etilmoqda.

Yakuniy nazoratlar og‘zaki, yozma, test va amaliy shakllarda o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining shaffof, xolis va adolatli bo‘lishi ta’minlanmoqda.

Imtihonlar davomida tasdiqlangan grafik asosida biriktirilgan komissiya a’zolari, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari tomonidan qat’iy nazorat olib borilmoqda.