Yangi o‘quv yili – yangi bilim va yuksak maqsadlar muqaddimasi.
09.09.2024 2024-09-09 11:40Yangi o‘quv yili – yangi bilim va yuksak maqsadlar muqaddimasi.
Yangi o‘quv yili – yangi bilim va yuksak maqsadlar muqaddimasi.
Hash-pash deguncha, yoz fasli yakuniga yetib, oltin kuz kirib keldi. Ushbu fasl biz uchun nafaqat O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni, balki yurtimiz ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ham ahamiyatlidir. Yuragida orzu-umidlari osmon qadar bo‘lgan yoshlar uchun bilim olish, yangi marra va cho‘qqilar sari eltuvchi katta yo‘lning muqaddimasidir.
Bugun yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tantanali marosimda institut rektori Shuhrat Teshayev, professor-o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari, talabalar hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
Marosim O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Madhiya sadolaridan so‘ng so’zga chiqqan rektor yangi qabul qiligan talabalarni qutlar ekan, yig‘ilganlarni Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi hamda 2024/2025-o‘quv yili bilan tabrikladi. Talabalarga ilm cho’qqilarini egallashda kuch g’ayrat tiladi.
Institut rektori o‘z tabrigida so‘nggi yillarda mamlakatimiz oliy tibbiy ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini e’tirof etdi. Yoshlarni oliy ta’limga qamrovini oshirib borish, zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida izchil siyosat olib borilayotgani, bu borada Buxoro davlat tibbiyot instituti nafaqat yurtimiz, balki mintaqamizdagi eng nufuzli va sharafli o‘quv muassasasi hisoblanishini qayd etdi.
Tantanali marosim auditoriyalardagi “Mustaqillik darsi” bilan davom etdi.