Yaponiya Buxoro tibbiyot instituti klinikasiga so’nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter tomografiyasi uskunalarini taqdim etdi
01.08.2022 2022-08-02 21:24Yaponiya Buxoro tibbiyot instituti klinikasiga so’nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter tomografiyasi uskunalarini taqdim etdi
Yaponiya Buxoro tibbiyot instituti klinikasiga so’nggi rusumdagi zamonaviy kompyuter tomografiyasi uskunalarini taqdim etdi
Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Yaponiya hukumatining sog’liqni saqlash vazirligiga zamonaviy kompyuter tomografiyasi uskunalari va maxsus jihozlangan tibbiy idishni topshirishga bag’ishlangan marosim bo’lib o’tdi.
Tadbirda sog’liqni saqlash vaziri B. Musayev, Yaponiya parlamenti vakillar palatasi a’zosi Keyji furuya, Yaponiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama, Buxoro tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ishtirok etdi.
Unda qayd etilganidek, COVID-19 pandemiyasining ilk kunlaridanoq Yaponiya hukumati O’zbekistonga birinchilar qatorida insonparvarlik yordami ko’rsata boshladi.
Xususan, 2020 yil mart oyida mamlakatimiz sog’liqni saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash maqsadida ushbu davlat tomonidan 500 million iena ajratildi.
Mazkur mablag’hisobiga dastlab Yaponiyada ishlab chiqarilgan virusga qarshi samarali dori vositalari, keyinchalik Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan mamlakatimiz tibbiyot mussasalariga yuqori texnologik rentgen apparatlari olib kelib o’rnatildi.
Bu gal ushbu grant loyihasi hisobidan yurtimizdagi 3 ta tibbiyot muassasasiga Aquilion Prime SP 160 KT kompyuter tomografiyasi uskunalari hamda 1 dona maxsus jihozlangan SANSEI tibbiy-diagnostika konteyneri topshirildi. Rejaga muvofiq, zamonaviy kompyuter tomografiyasi qurilmalari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasiga taqdim etildi.
Tibbiy diagnostika konteyneri esa yurtimizning olis hududlarida yashovchi aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga topshirildi.
Ushbu kompyuter tomografiyasining o’ziga xos afzalliklari shundaki, u orqali bemorlarni har qanday tekshiruvdan o’tkazish mumkin. Qolaversa, ushbu uskunaning boshqarish opsiyasi minimal radiasiya ta’sirida yuqori sifatli tasvirlarni olish imkonini beradi.
Bundan tashqari, SANSEI tibbiy-diagnositika konteyneri oflayn rejimda ishlovchi mustaqil mobil diagnostika jamlanmasi bo’lib, u kompyuter tomografiyasi, ultratovush diagnostika hamda rentgen apparatlari bilan jihozlangan.
Tadbirda mazkur zamonaviy uskunalar bemorlarga o’z vaqtida aniq tashxis qo’yishga xizmat qilishi, shuningdek, soha xodimlariga katta qulaylik yaratishi alohida ta’kidlandi.