Yaponiyaning Yamagata universiteti delegatsiyasi Buxorodagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi
09.01.2024 2024-01-15 11:34Yaponiyaning Yamagata universiteti delegatsiyasi Buxorodagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi

Yaponiyaning Yamagata universiteti delegatsiyasi Buxorodagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi
Shu kunlarda kunchiqar mamklakat vakillari yurtimizga mehmon bo’lib turishibd. Bugun Yamagata universiteti professori Tadashi Onodera, Plat Yonezawa korporatsiyasi texnik direktori Shinji Omata, Yamagata universitetida Tadbirkorlar o’quv va tadqiqot markazi koordinatori Yuichi Saitolar Buxoro davlat universitetiga tashrif buyurishdi.



Tashrif avvalida mehmonlar viloyatdagi barcha OTMlar tomonidan tashkil etilgan korgazmani ko
zdan kechirishdi. Ko’rgazmada Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari ham o’zlarining amaliy jihozlari va unda amalga oshiriladigan jarrohlik operatsiyalari haqida qisqacha ma’lumot berishdi.

Shuningdek, mehmonlar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev bilan ham muloqot o’tkazib, kelgusida bir qancha sohalar bo’yicha ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish masalasini muhokama qilishdi.

Ma’lumot o`rnida: Yaponiya har jihatdan O‘zbekiston uchun muhim va yaqin hamkor bo‘lib hisoblanadi. Yaponiyadagi Yamagata universiteti 1949-yilda tashkil topgan ayni paytda milliy, keng qamrovli Yaponiya universiteti sanaladi. Ko’llar, daryolar, guruch maydonlarini o’z ichiga olgan tabiiy go’zallikka ega tog’li mintaqada joylashgan muassasa Yamagata prefekturasi bo’ylab tarqalgan to’rtta (Kojirakava, Iida, Yonezava, Tsuruoka) kampusga ega. Mahalliy talabalar qatorida dunyoning 33 mamlakatidan yoshlar tahsil olishadi. Bakalavriat bosqichida 6 ta fakultetda 12 ta kafedra faoliyat yuritsa, magistratura bosqichida 6 ta maktabda magistrantlar tahsil olishadi.

