BuxDTI matbuot xizmati

Yashil energiya

cropped-logo_250x250.png

Yashil energiya

Qayta tiklanuvchi energiyaga bo’lgan talabni qondirish, mamlakatimizda energiya taqchilligini qoplash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2022 yil 10 iyun kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi topshirig‘iga binoan, joriy etilgan quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitkichlari  to‘g‘risida topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yil  avgust oyidamuqobil quyosh energiyasini ishlab chiqaruvchi  100 kvtli quyosh panellar sotib olindi. Bugungi kunda quyosh panellari 50 Kvt. klinika binosida va 50 kvt. 900 o‘rinli o‘quv binosi uchun elektr energiya ishlab chiqarmoqda.

Bir  oyda  o‘rtacha  24 million so‘mlik elektr energiya ishlab chiqarsa bir  yilda 288 millon so‘mlik elektr energiya iqtisod qilinmoqda. 

2023 yilgi rejaga asosan institut binolari uchun 206 kvt quyosh panellari o‘rnatilishi rejaga kiritilgan edi. Joriy yilning 5 may kunida 100 kvt elektr energiya ishlab chiqaruvchi quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 

Yangi kampus hududidagi 1-2-3 son talabalar turar joyi binosini muqobil elektr energiya bilan ta’minlash uchun 100 kvt.li quyosh panellari o‘rnatildi va bugungi kunda elektr energiya bilan ta’minlamoqda.

Bundan tashqari to‘liq muqobil energiyaga o‘tish maqsadida  yana jami 150 kvt jumladan, 100 kvtli quyosh panellari klinika binosida hamda 50 kvtli quyosh panellari Q. Murtazayev ko‘chasida joylashgan TTJ binosiga o‘rnatildi. 

      Buxoro davlat tibbiyot institutida 2023 yilgi quyosh panellari rejasi 206 kvtni tashkil qilib , bugungi kunda reja 250 kvt quyosh panellari o‘rnatildi rejaga nisbatan 121 % bajarildi.

Institutda 2022-2023 yillar davomida jami 350 kvtli quyosh panellari o‘rnatildi.