BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Yosh olimlar kuni

photo_2024-04-29_10-40-08

Yosh olimlar kuni

Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar Kengashi a’zolari S.Qudratova, N.Raxmatulloeva hamda B.Bobonazarovlar Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan tashkil etilgan “YoSh OLIMLAR KUNI” Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanda o‘zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan faol ishtirok etishdi.

2024-yil 25-aprel kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan “YoSh OLIMLAR KUNI” Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda. Ushbu anjuman ilmiy faoliyat olib borayotgan talabalar va yosh olimlarni yagona maqsad atrofida birlashtirish, shu orqali fikr almashish, bilim va o‘zaro xamkorlik uchun maydon yaratishga qaratilgan. Anjumanda Republikamiz Tibbiyot OTMlaridan jarrohlik stomatologiyasi, terapevtik stomatologiya, ortodontiya, fudamental fanlar, psixologiya kabi yo‘nalishlarda talabalar 10 ta yo‘nalishda 100 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar o‘qishdi.