“Yoshlar oyligi” doirasida tibbiy seminar tashkil etildi
09.06.2025 2025-06-11 16:34“Yoshlar oyligi” doirasida tibbiy seminar tashkil etildi
🏛Bugun, 9-iyun kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida muhim o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.



📑Seminar mavzusi — “O‘z joniga qasd qilgan yoki nostandart vaziyatlarda tan jarohati olgan shaxslarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘lib, tadbir davomida talaba-yoshlar va tibbiyot sohasidagi mutaxassislar ushbu holatlarda zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar va nazariy bilimlarni mustahkamlashdi.

