BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Sport tadbirlari

Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili

photo_2024-05-02_16-36-45

Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili

Sport vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–37-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o’rtasida jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo’yicha sport musoboqalari o’tkazildi.

Belgilangan 5 ta tartib shartlari bo’yicha talabalar o’zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o’tkazdi. Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev mazkur tadbir ochilishi yakunlanganidan so’ng, Talaba fest festivali g’oliblari, olimpiadada ishtirok etgan talabalarni Diplom va estalik sovg’alari bilan taqdirladi.

Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash sport sinovlari 10-mayga qadar davom etadi.