BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

​“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING KUZGI MAVSUM BIRINCHI O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

d8a60679-5a24-4eac-b3de-b2846cb7f95b

​“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YININING KUZGI MAVSUM BIRINCHI O‘YINI BO‘LIB O‘TDI

Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinining kuzgi mavsum birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
​Mazkur bahsda 450 nafardan ortiq yoshlar, 75 ga yaqin jamoa tarkibida ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
​Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘zlarining bilimdonligi, zukkoligi va jamoaviy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.

​“Zakovat” o‘yinlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, kitobxonlik va ilmga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
​Barcha jamoalarga kelgusi bahslarda omad va yuqori natijalar tilaymiz!
​Zakovat — bilim, tafakkur va mantiq maydoni!

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati