“Ziyorat Velomarafoni”ning yangi mavsumi Chor Bakr majmuasidan boshlandi
18.03.2025 2025-03-18 13:37“Ziyorat Velomarafoni”ning yangi mavsumi Chor Bakr majmuasidan boshlandi
“Ziyorat Velomarafoni”ning yangi mavsumi Chor Bakr majmuasidan boshlandi
Bugun erta tongda viloyat oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalar an’anaviy tashkil etib kelinayotgan “Ziyorat Velomarafoni” doirasida Chor Bakr me’moriy majmuasiga tashrif buyurishdi.

Har juma kunda tashkil etilgan ushbu velomarafon bahamjihatlik, birdamlik va sog‘lik yo‘lida qilinayotgan ezgu ish sifatida har hafta o‘z safini kengaytirmoqda.
Ushbu tadbir nafaqat sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, balki vatanimiz tarixiy va muqaddas maskanlariga bo‘lgan hurmatni oshirishga ham xizmat qiladi.

Har bir inson o‘z salomatligiga e’tibor qaratishi lozim. Shu maqsadda barcha institut xodimlarini salomatlik targ‘ibotiga qo‘shilishga va doimiy ravishda “Ziyorat Velomarafoni”da ishtirok etishga chorlaymiz. Har bir qatnashchi sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘ladi.


Keling, birgalikda sog‘lom va faol hayot tarzini tanlaylik!
