BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi1

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Bahor faslining ilk kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi uchun quvonchli yangilik bilan boshlandi. Prezident qaroriga binoan Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi Dilshoda Bahronova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Bu yutuq nafaqat institut, balki butun Buxoro ilm-fan jamoasi uchun g’ururli voqea bo’ldi.

Bugun institut rektori Shuhrat Teshayev boshchiligida professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Dilshoda Bahronovaning yutuqlari e’tirof etildi. Uchrashuv davomida talabaning bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi, ilmiy izlanishlar va ijtimoiy faollikdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Institut jamoasi ushbu mukofot yoshlar uchun katta ilhom manbai ekanligini qayd etib, barcha talabalarni shunday ulkan yutuqlarga intilishga chorladi.

Ustozlari Dilshodani samimiy tabriklab, uning tinimsiz mehnati va fidoyiligini yuksak baholadilar. Ayniqsa, pedagoglar uning bilimdonligi, tashabbuskorligi hamda insonparvarlik fazilatlari bilan ajralib turishini ta’kidlashdi. Shuningdek, uchrashuv davomida yurtimiz ravnaqi yo‘lida ilm-ma’rifat va ezgulik yo‘lida birlashish, har bir talaba kelajakda o‘z kasbining fidoyisi bo‘lishi kerakligi haqida iliq fikrlar bildirildi.

Dilshoda Bahronova o‘zining izlanishlari, ilmga bo‘lgan ishtiyoqi va mehnatsevarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘ldi. Uning yutuqlari yosh avlodni ham shijoat bilan ishlashga, o‘z oldiga ulkan marralarni qo‘yishga undaydi. Institut jamoasi bu kabi muvaffaqiyatlar bilan faxrlanadi va yosh avlodning ilm-fan yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Bunday e’tirof va rag‘bat, albatta, yoshlarni yanada intiluvchan va izlanishlarga chanqoq bo‘lishga undaydi. Dilshoda Bahronovaning ushbu mukofot bilan taqdirlanishi esa butun institut jamoasining yutug‘i sifatida tarixda qoladi.