⚡️Teatr – ma’naviy ozuqa maskanidir.
12.02.2025 2025-09-08 16:07⚡️Teatr – ma’naviy ozuqa maskanidir.
“Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha Buxoro davlat tibbiyot institutida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.


✅Jumladan, bugun institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti koordinatorlari va “Talabalar teatr studiyasi” toʻgaragi aʼzolari Buxoro davlat musiqali drama teatrida namoyish etilgan “Chor darvesh” spektakliga tashrif buyurishdi.


🔹Spektakl inson oʻz nafsining quli bo’lib qolgani va dunyoda pul katta ahamiyat kasb etgani, insonlarning nafsi ularni jaholatga boshlagani haqida boʻldi. Eng muhimi talabalar oʻzlari uchun zarur boʻlgan ibratli xulosalarga kelishdi.
