BuxDTI matbuot xizmati Korrupsiyaga qarshi kurash

✅ Jaholat va korrupsiyaga qarshi — ma’rifat bilan kurashamiz!

Jaholat va korrupsiyaga qarshi1

✅ Jaholat va korrupsiyaga qarshi — ma’rifat bilan kurashamiz!

Buxoro davlat tibbiyot institutida “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash!”, “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi — taraqqiyot poydevori” hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish — kelajak taraqqiyoti garovi” mavzularida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi o‘rinbosari A. Qalandarov, mutaxassislar, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Muloqotda yoshlarni zararli g‘oyalar ta’siridan asrash, inson huquqlarini hurmat qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va adolatli jamiyat qurish masalalari muhokama qilindi.

Mutasaddilar ta’kidlaganidek, har bir fuqaro ma’naviyatli bo‘lish bilan birga, korrupsiyaga qarshi ham faol pozitsiyada turishi lozim. Tadbir ochiq va iliq ruhda o‘tib, yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.