BuxDTI matbuot xizmati

🇹🇷🤝🇺🇿 Turkiyalik tibbiyot mutaxassislari Buxoroda: hamkorlik yangi bosqichda

5

🇹🇷🤝🇺🇿 Turkiyalik tibbiyot mutaxassislari Buxoroda: hamkorlik yangi bosqichda

Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ko‘magida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiyaning yetakchi tibbiyot mutaxassislari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘lishdi.

Tashrif davomida ular institut rektori, professor Shuhrat Teshayev bilan uchrashib, ta’lim, tibbiyot, rezidentura va kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Turkiya delegatsiyasi institutning klinik bazalari, o‘quv binolari, laboratoriyalari va simulyatsion markazlari faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, institut huzuridagi Turkiya tibbiyot fakultetidagi o‘quv jarayonlariga yuqori baho berishdi.

📍 Tashrif 13–14 iyun kunlari davom etdi. Mehmonlar professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashib, mahorat darslari o‘tkazishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tibbiy hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan:

yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash,

akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish,

zamonaviy tibbiy texnologiyalar tajribasini o‘rganish.

Delegatsiya tarkibida Prof. Dr. Serap Aykut Aka, Prof. Dr. Mehmet Ali Özatik, Dr. Alper Selim Kocaoğlu va Dr. Zinar Apaydın kabi taniqli turkiyalik mutaxassislar ham ishtirok etdi.

Bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi strategik hamkorlik va o‘zaro ishonchning yaqqol ifodasidir.