BuxDTI matbuot xizmati

🏛Institutda Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ilmiy kengash1

🏛Institutda Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🔷Joriy hafta Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda institut faoliyati, ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, shuningdek, dolzarb tashkiliy va strategik masalalar muhokama qilindi.

♻️Yig‘ilish onlayn platforma orqali tashkil etildi va unda professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari hamda institut rahbariyati faol ishtirok etdi.

➡️Yig‘ilish davomida institutning klinik kafedralari hamda Ilmiy-innovatsion bo‘limi tomonidan pullik xizmat ko‘rsatish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, investitsiya jalb etish va mazkur yo‘nalishlarda faoliyatni kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔗Shuningdek, joriy yilning avgust oyida buyuk mutafakkir bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045 yilligi, shuningdek, institutning tashkil topganiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan keng qamrovli tadbirlar haqida so‘z yuritildi.

🎗Yig‘ilishda ushbu tarixiy sana munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarni yuqori saviyada tashkil etish, institut jamoasining mazkur tadbirlarda faol ishtirokini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

🔖Bundan tashqari, institutda fan to‘garaklari faoliyatini rivojlantirish, talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam va sifatli tashkil etish bo‘yicha ham muhim fikr-mulohazalar bildirildi.

📌Ilmiy kengash qarorlari asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.