BuxDTI matbuot xizmati

📚 “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida navbatdagi intellektual uchrashuv

Kitobxon talaba1

📚 “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida navbatdagi intellektual uchrashuv

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiyot fakultetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida tashkil etilayotgan “Kitobxon talaba” loyihasi navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bilan davom etdi. Bu galgi muhokama mashg‘uloti taniqli muallif Malkolm Gladuelning dunyo miqyosida mashhur “Zukkolar va landavurlar” kitobiga bag‘ishlandi.

📖 Kitob haqida:
Gladuelning ushbu asari an’anaviy tarzda tasavvur qilinadigan “muvaffaqiyat siri” tushunchasiga yangicha yondashadi. Kitobda inson hayotidagi tashqi omillar – muhit, vaqt, imkoniyatlar va ijtimoiy ta’sirlar muvaffaqiyat sari yo‘ldagi hal qiluvchi jihatlar sifatida ko‘rsatiladi. Bu esa uni oddiy motivatsion qo‘llanmalardan tubdan farqlaydi.

💬 Muhokama davomida talaba yoshlar asardagi asosiy g‘oyalar, muallifning fikrlash uslubi va hayotiy haqiqatlarga yangicha qarash kabi jihatlarni atroflicha tahlil qildilar. Ular o‘zlarining shaxsiy hayot tajribalari bilan bog‘lab, ilm va muvaffaqiyat yo‘lida zamonaviy yondashuvlarni muhokama qildilar.

📌 Tadbir nafaqat kitobxonlik madaniyatini oshirish, balki tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, talabalarda chuqur mushohada qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

🔹 “Zukkolar va landavurlar” – bu muvaffaqiyatga olib boradigan yo‘lni boshqa nuqtai nazardan ko‘rsatadigan, hayotni chuqur tahlil etishga undaydigan kitobdir. U necha yillar davomida “New York Times” va “Amazon” bestsellerlar ro‘yxatida qolgan bo‘lib, bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan.

📚 Kitobxon talabalar – o‘zgaruvchan dunyoni anglaydigan, fikr yurita oladigan, va eng muhimi – hayot qonuniyatlarini anglab harakat qiladigan avloddir!