🛑 🚲 Ertaga yurtimiz bo’ylab “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi
28.03.2025 2025-09-09 10:12🛑 🚲 Ertaga yurtimiz bo’ylab “Avtomobilsiz kun” bo‘ladi
29-mart, juma kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lib o‘tadi.
Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qo‘yilgan edi.
Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.
Institut ma’muriyati barchani shu kuni bo‘lib o‘tadigan aksiyaga “befarq qolmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga” chaqiradi.