Davlat yoki xususiy klinikalarda – bemorlarni qabul qilish, anamnez qo‘yish, suhbat va kuzatuv jarayonida tashxis qo‘yish, qo‘shimcha davolash tadbirlarini (muolajalarni) olib borish, davolanish kursini belgilash; bemorlarni o‘z chaqiruviga binoan xonadonlarida ko‘zdan kechirish, konsilium, majlislarda ishtirok etish; feldsher va hamshira uchun – bemorni ko‘zdan kechirish, retseptlarni tuzish jarayonlarida vrachga yordam berish, vrach topshirig‘iga asosan davolash muolajalarini olib borish;
Statsionarda – bo‘limda navbatchilik qilish, og‘ir kasallarga tez yordam ko‘rsatish, bemorlarni ko‘zdan kechirish va ularga tashxis qo‘yish, davolash jarayonini nazorat qilish, bemorlarning tibbiy kartalarini to‘ldirish, konsilium, majlislarda ishtirok etish, patsientlarning qarindoshlari bilan suhbatlashish; feldsher yoki hamshira uchun – vrach topshirig‘iga binoan davolash tadbirlarini olib borish, bemorlarni qabul qilish va operatsiya jarayonlarida vrachga yordam berish;
Tez yordam tizimida – navbatchilik qilish, shoshilinch chaqiruvlar, jabrlanuvchi va bemorning qarindoshlari yoki noxush hodisa guvohlari bilan suhbat olib borish, ko‘ngilsiz voqea joyining o‘zidayoq operatsiyalarni olib borish, bemorni, uning hayoti xavfsizligini ta’minlagan holda, statsionarga etkazish, tibbiy kartalarni to‘ldirish;
Bolalar ta’lim-tarbiya muassasalarida – bolalarni rejalashtirilgan ko‘rikdan o‘tkazish, bemorlarni aniqlash, muassasaning sanitar holatini nazorat qilish, tegishli hisobotlarni tayyorlash, tibbiy kartalarni yuritish, tuman epidemiologik tashkilotlari va sog‘likni saqlash organlari nazoratchilari, tarbiyachilar, ota-onalar bilan suhbatlar olib borish.
Passport, maktabni bitirganligi to’g’risidagi guvohnoma yoki akademik litsey/kollej diploma, 3×4 rasm.
6 yil
(mahalliy talabalar) – UZS 15 344 490
(xalqaro talabalar) – $3000-5500
60910200
© 2024 BSMI. Barcha huquqlar himoyalangan