Dermatologiya va venerologiya

Dermatologiya va venerologiya

Kurs haqida

Dermatologiya (grekcha: δέρμα [dermato]… va λόγος [logiya]) — teri kasalliklari haqidagi fan; klinik tibbiyotning bir sohasi. Terining buzilishi vazifasi, sogʻlom teri va kasallik holati, shuningdek, organizmning boshqa kasalliklarida terida boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadi. Teri kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish masalalarini ishlab chiqadi. Dermatologiya umumiy va xususiy qismlarga boʻlinadi. Umumiy Dermatologiya sogʻlom hamda kasal terining anatomiyasi va fiziologiyasini, teri kasalliklarining yuzaga kelish sabablari, davolash va oldini olish usullarini, xususiy Dermatologiya esa teri, soch va tirnokda paydo boʻladigan ayrim kasallik belgilarini, qoʻzgʻatuvchilarini, davolash usullarini oʻrganadi. Dermatologiya venerologiya, ichki kasalliklar, nevropatologiya, endokrinologiya, psixiatriya va b. tibbiyot fanlari bilan chambarchas bogʻlangan.

Venerologiya (Venera va … logiya) — klinik tibbiyot sohasi; venerik kasalliklarnint yuzaga kelish va tarqalish sabablari, diagnostikasi va klinik kechishini oʻrganadi, ularning oldini olish va davolashning eng maqbul yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqadi. Venerologiya dermatologiya, sotsial gigiyena, infeksion kasalliklar, akusherlik va ginekologiya, terapiya, serologiya va boshqa bir qancha tibbiyot fanlari bilan uzviy bogʻlangan.

Kirish talabnomasi

Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi (pasport), ayni yo’nalish bo’yicha magistrlik diplomi, chet tilini umumiy Evropa kompetentsiyalariga (standartlariga) muvofiq chet tilini bilishini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatning nusxasi, 3×4-rasm.

O’qish muddati

3 yil

Ta’lim shifri

14.00.11