E'lonlar Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

🏛💠Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 10-martga qadar “MENING O’ZBEKISTONIM” videorolik tanlovining institut bosqichi bo’lib o’tadi.

MENING O'ZBEKISTONIM

🏛💠Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida 10-martga qadar “MENING O’ZBEKISTONIM” videorolik tanlovining institut bosqichi bo’lib o’tadi.

🔹Tanlovning maqsadi: talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, O’zbekistonimizning qadimiy va boy tarixi, madaniyati, ma’naviy-ma’rifiy ildizlarini o’rganish, yoshlarimizni mardlik, jasorat va matonat ruhida tarbiyalash, ularni o’z iqtidorlarini namoyish etish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli talabalarni qo’llab-quvvatlashdan iborat.

🏆Tanlovning birinchi bosqichida yuqori 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan har bir ishtirokchi yoki jamoa a’zolari faxriy yorliqlar hamda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0.5 barobari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

🔝Tanlovning final bosqichida 1-,2-,3-,4- va 5-o’rinni egallagan ishtirokchi yoki jamoalar quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:

1️⃣-o’rin: 15 mln so’m;
2️⃣-o’rin: 12 mln so’m;
3️⃣-o’rin: 10 mln so’m;
4️⃣-o’rin: 8 mln so’m;
5️⃣-o’rin: 5 mln so’m;

🔹O’z yurtingizni sevgi, faxr va orzu bilan tasvirlab, uning yorqin kelajagini birgalikda yaratish uchun shoshiling!”

🔍Tanlov haqida batafsil maʼlumot bilan Nizom orqali tanishib chiqishingiz soʻraladi: https://t.me/BDTI_Yoshlari/433

🔻Murojaat uchun: @Murodjon_Nurmurotov