E'lonlar

📢 2026/2027 o‘quv yili uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumatining kvotasi asosida ordinaturaga qabul to‘g‘risida e’lon

Объявления

📢 2026/2027 o‘quv yili uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumatining kvotasi asosida ordinaturaga qabul to‘g‘risida e’lon

Hurmatli bitiruvchilar va tibbiyot sohasidagi mutaxassislar!

2026/2027 o‘quv yili uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumatining kvotali dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan Rossiya Federatsiyasining tibbiyot oliygohlarida ordinaturada tahsil olish uchun arizalar qabuli ochildi.

Dastur Rossotrudnichestvo, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi ko‘magida amalga oshiriladi.

🩺 Yo‘nalish: Ordinatura (tibbiy mutaxassislik)

🌍 Ta’lim shakli: Bepul, Rossiya Federatsiyasi federal byudjeti hisobidan

📅 Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025 yil 13 iyungacha

📌 Talab etiladi:

  • Rossiyada ordinaturada o‘qishga bo‘lgan qiziqishni tasdiqlash
  • Kerakli kvotalar soni va ustuvor ta’lim yo‘nalishlarini ko‘rsatish

📞 Mas’ul shaxs (konsultatsiya va ma’lumot uchun):
Egorov Nikita Sergeyevich

📧 Elektron pochta: n.egorov@rs.gov.ru
📱 Telefon: +998 (90) 399-25-84

Iltimos, barcha qiziqqan nomzodlar belgilangan muddat ichida arizalari va takliflarini topshirishsin.
Kvota dasturida ishtirok etish — Rossiyaning yetakchi ta’lim muassasalarida sifatli tibbiy ta’lim olish va kasbiy rivojlanish uchun noyob imkoniyatdir.