📢 “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi
30.04.2026 2026-04-30 15:52📢 “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 15-sentabr kuni “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan oʻtkazilgan yigʻilish topshiriqlari hamda 2025-yil 18-oktabrda tasdiqlangan 50-sonli bayon ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 14-son buyrugʻiga muvofiq, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi e’lon qilinadi.
🎯Tanlovning maqsadi:
Oliy taʼlim muassasalarida innovatsion gʻoyalar, ixtirolar va ilmiy ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlar hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyatini ragʻbatlantirish.
👥Ishtirokchilar:
- Oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari
- Talabalar
📝Tanlov bosqichlari:
- Saralash (ichki) bosqichi – oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida
- Hududiy bosqich
- Respublika bosqichi
📅Muhim muddatlar:
- Arizalar qabul qilish: 2026-yil 11-mayga qadar
- Ichki saralash: arizalar qabul qilingandan soʻng 1 oy muddatda
- Keyingi bosqichlarga hujjatlar elektron platforma orqali yuboriladi
⚙️Ishtirok etish tartibi:
- Har bir talabgor faqat bitta ixtiro bilan ishtirok etadi
- Arizalar belgilangan tartib va shaklda topshiriladi
- Saralashdan o‘tganlar keyingi bosqichlarga platforma orqali yo‘naltiriladi
- Tanlov Nizom talablari asosida o‘tkaziladi
📊Baholash mezonlari:
Tanlovga taqdim etilgan ixtirolar jami 100 ballik tizim asosida quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:
- ⚡ Energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallardan foydalanish – 10 ballgacha
- 🌱 Ekologik mosligi (atrof-muhit muhofazasi muammolarini hal etishi) – 20 ballgacha
- 👥 Ijtimoiy ahamiyati (insonlar uchun qulaylik yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash) – 15 ballgacha
- 🧪 Ishlanmaning tayyorgarlik darajasi (prototip, laboratoriya modeli va h.k.) – 15 ballgacha
- 🌍 Eksportbopligi – 15 ballgacha
- 🔄 Import o‘rnini bosish darajasi – 15 ballgacha
- 📜 Patent mavjudligi (ixtiro yoki foydali model uchun) – 10 ballgacha
🌐Roʻyxatdan oʻtish va qoʻshimcha ma’lumot:
👉 https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/152136
📌 Barcha professor-oʻqituvchilar va talabalarni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Innovatsion gʻoyalaringiz bilan yurtimiz ilm-fani rivojiga oʻz hissangizni qoʻshing!