🎓 Klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga hujjat topshirish hamda tanlov o‘tkazish tizimi to‘liq o‘zgardi
22.07.2025 2025-07-22 11:56🎓 Klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga hujjat topshirish hamda tanlov o‘tkazish tizimi to‘liq o‘zgardi
🎓 Klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga hujjat topshirish hamda tanlov o‘tkazish tizimi to‘liq o‘zgardi
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 18-iyuldagi tegishli buyrug‘iga binoan:
✅ Tibbiyot kadrlarini shifokorlik mutaxassisliklari bo‘yicha klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga o‘qishga qabul qilish uchun hujjat topshirish hamda tanlov o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.
⬇️ Ushbu tartibga asosan:
➡️ Klinik ordinatura (rezidentura) va internatura mutaxassisligiga mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
📌 Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan yetakchi xususiy klinikalarda klinik ordinaturaga (rezidenturaga) o‘qishga kirish uchun talabgor tomonidan topshiriladigan hujjatlar faqat elektron shaklda Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali qabul komissiyasi mas’ul kotiblari tomonidan qabul qilinadi.
❌ Talabgorga bir vaqtning o‘zida bir nechta muassasada tanlovda qatnashish taqiqlanadi.
📆 Hujjatlar axborot tizimi orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
🕰 Talabgorlardan hujjatlar ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, 2025-yil 21-avgust soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
📲 Qabul komissiyasi mas’ul kotiblari tomonidan bir ish kuni davomida talabgorga axborot tizimi orqali tanlovga qo‘yish yoki qo‘ymaslik to‘g‘risida asoslantirilgan SMS-xabar yuboriladi.
💻 Tanlov jarayonlari kompyuter-test sinovlari shaklida Markaz va uning hududiy bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
🖥 Test variantlari tafsilotlari va foydalanish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati test sinovi o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin Markazning tmbm.ssv.uz saytida e’lon qilinadi.
‼️ Test sinovining ochiq va oshkora o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida test jarayoni Markazning rasmiy veb-saytida onlayn translyatsiya qilinadi va audio hamda video yozuvlarda qayd etiladi.