💬Hurmatli Buxoro ahli!
22.08.2025 2025-08-22 11:27💬Hurmatli Buxoro ahli!
📝Muammoni ko‘rdingizmi? Darhol bizga xabar bering!
✅Kommunal, obodonlashtirish, yo‘l yoki umuman infratuzilma muammolarini ko‘rsatib berish va bartaraf etish bo‘yicha Toshkentda 91 foizli natija ko‘rsatgan «Xalq nazorati» platformasi endi Buxoroda.
🚨Muammo xaqida xabar bermoqchimisiz? Buning uchun bor yo‘g‘i bir nechta tugmani bosish kifoya!
⏺1-qadam: «Xalq nazorati» ilovasini App Store, Google Play yoki ApGallery orqali yuklab oling;
⏺2-qadam: Ro‘yxatdan o‘ting: telefon raqamingiz va pasport ma’lumotlaringizni kiriting;
⏺3-qadam: Mavzuni tanlang, joylashuv bilan qisqacha tavsif bering va «Murojaatni yuborish» tugmasini bosing!
✔️Tayyor bo‘ldi!
⬆️Tizim murojaatingizni tegishli ijrochiga o‘zi yetkazadi.
✅Javob olganingizda esa uni tasdiqlashingiz yoki «Yo‘q, muammo hal etilmadi» deyishingiz mumkin!
📶Jim o‘tirmang. «Xalq nazorati»ga yozing – shahrimiz yoki tumanimizni birgalikda yaxshilaymiz!