E'lonlar

📢 “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi

Объявления

📢 “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 15-sentabr kuni “Oʻqituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan oʻtkazilgan yigʻilish topshiriqlari hamda 2025-yil 18-oktabrda tasdiqlangan 50-sonli bayon ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 14-son buyrugʻiga muvofiq, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan professor-oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida “Eng yaxshi oliy taʼlim ixtirochisi” respublika tanlovi e’lon qilinadi.

🎯Tanlovning maqsadi:

Oliy taʼlim muassasalarida innovatsion gʻoyalar, ixtirolar va ilmiy ishlanmalarni qoʻllab-quvvatlash, iqtidorli yoshlar hamda professor-oʻqituvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyatini ragʻbatlantirish.

👥Ishtirokchilar:

  • Oliy taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilari
  • Talabalar

📝Tanlov bosqichlari:

  1. Saralash (ichki) bosqichi – oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida
  2. Hududiy bosqich
  3. Respublika bosqichi

📅Muhim muddatlar:

  • Arizalar qabul qilish: 2026-yil 11-mayga qadar
  • Ichki saralash: arizalar qabul qilingandan soʻng 1 oy muddatda
  • Keyingi bosqichlarga hujjatlar elektron platforma orqali yuboriladi

⚙️Ishtirok etish tartibi:

  • Har bir talabgor faqat bitta ixtiro bilan ishtirok etadi
  • Arizalar belgilangan tartib va shaklda topshiriladi
  • Saralashdan o‘tganlar keyingi bosqichlarga platforma orqali yo‘naltiriladi
  • Tanlov Nizom talablari asosida o‘tkaziladi

📊Baholash mezonlari:

Tanlovga taqdim etilgan ixtirolar jami 100 ballik tizim asosida quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi:

  • Energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallardan foydalanish – 10 ballgacha
  • 🌱 Ekologik mosligi (atrof-muhit muhofazasi muammolarini hal etishi) – 20 ballgacha
  • 👥 Ijtimoiy ahamiyati (insonlar uchun qulaylik yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash) – 15 ballgacha
  • 🧪 Ishlanmaning tayyorgarlik darajasi (prototip, laboratoriya modeli va h.k.) – 15 ballgacha
  • 🌍 Eksportbopligi15 ballgacha
  • 🔄 Import o‘rnini bosish darajasi15 ballgacha
  • 📜 Patent mavjudligi (ixtiro yoki foydali model uchun) – 10 ballgacha

🌐Roʻyxatdan oʻtish va qoʻshimcha ma’lumot:

👉 https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/152136

📌 Barcha professor-oʻqituvchilar va talabalarni mazkur tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Innovatsion gʻoyalaringiz bilan yurtimiz ilm-fani rivojiga oʻz hissangizni qoʻshing!