📣 DIQQAT, TALABALAR VA YOSHLAR!
02.06.2026 2026-06-02 15:09📣 DIQQAT, TALABALAR VA YOSHLAR!
Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning iqtidorini namoyon etish, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “TALABA FEST” festivali bo‘lib o‘tadi.
🎉 Festival dasturidan o‘rin olgan tadbirlar:
🏆 “Talaba sport o‘yinlari” sport sinovlari musobaqalari;
🛡 “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari ishtirokidagi harbiy-amaliy ko‘rgazmali chiqishlar;
🎤 Talaba-yoshlarning musiqiy mahoratini jonli ijroda namoyish etish dasturlari;
📖 Ijodkor talabalar ishtirokidagi mushoira va adabiy-badiiy kechalar;
🤖 Zamonaviy texnologiyalar olamiga bag‘ishlangan robototexnika ko‘rgazmalari.
✨ Festival davomida ishtirokchilar o‘z iste’dod va salohiyatlarini namoyon etish, yangi do‘stlar orttirish hamda unutilmas taassurotlarga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar va mehmonlarni “Talaba Fest” festivalida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
📍 Manzil: Buxoro davlat tibbiyot instituti
📅 Sana va vaqt: ______
Birgalikda yoshlar salohiyati va iste’dodini kashf etamiz!