📣 Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganini e’lon qilamiz!
24.07.2025 2025-07-24 14:09📣 Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganini e’lon qilamiz!
Buxoro davlat tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2025–2026 o‘quv yili uchun qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasi hamda 2025-yil 18-iyuldagi 214-sonli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar hujjatlarni elektron shaklda Sog‘liqni saqlash vazirligining medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali topshiradilar.
So‘rovnomalar medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Agar so‘rovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish/bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa, u navbatdagi ish kuni rasmiy ro‘yxatga olinadi va shu sana bilan qabul komissiyasiga yetkazilgan hisoblanadi.
📑 Quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi:
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlaganlar uchun) hamda unga ilova;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan holda chet davlatlardagi tibbiyot oliy ta’lim muassasasini tamomlagan shifokorlar uchun nostrifikatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi hujjat (hukumatlararo bitimlarga asosan tan olingan davlatlar bundan mustasno);
amaldagi qonunchilikka muvofiq imtiyoz beruvchi hujjat (masalan, olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlaganlik to‘g‘risida hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma).
💵 Hurmatli talabgor!
Klinik ordinatura tanlovida ishtirok etish uchun Siz BHM (375 000 so‘m)ning yarim barobari miqdorida — 187 500 so‘m to‘lovni amalga oshirishingiz lozim.
‼️ To‘lov kvitansiyasida familiya, ism, otasining ismi, to‘lov maqsadi hamda klinik ordinatura bo‘yicha qabul qiluvchi tashkilotning to‘g‘ri rekvizitlari ko‘rsatilishi shart. Aks holda, to‘lov hisobga olinmaydi.
📆 2025-yil 1-avgustdan boshlab to‘lov miqdori 206 000 so‘mni tashkil etadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 18-iyuldagi 214-sonli buyrug‘i.
📅 Klinik ordinaturaga qabul ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab 2025-yil 21-avgust (shu kun ham kiritilgan) sanasigacha davom etadi.
📝 Qabul quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
1️⃣ bosqich – mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Telegram kanal: qabul_ordinatura25
+998 90 514-58-18 – Badridinova Barnoxon Kamoliddinovna
+998 90 340-38-32 – Xudoyorova Dilnoza Rizayevna