Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar uchun GRANT-STIPENDIYA tanlovi
30.06.2026 2026-06-30 12:52Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar uchun GRANT-STIPENDIYA tanlovi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar uchun GRANT-STIPENDIYA tanlovi
Hurmatli xorijiy talabalar!
Institut rektorining 2026-yil 26-maydagi 5/T115-sonli Nizomiga muvofiq, 2025/2026 o’quv yili yakuni bo’yicha xorijiy talabalar uchun grant-stipendiya tanlovi e’lon qilinadi.
Grant-stipendiya talabaning to’lov-kontrakt summasini qisman yoki to’liq qoplash shaklida taqdim etiladi.
Grant miqdori (GPA asosida):
GPA 3,3–3,99 → to’lov-kontraktning 20–80 foizi
GPA 4,0 va undan yuqori → 100 foizgacha (yoki Rektorat granti)
Asosiy talablar:
Institutda kamida 1 o’quv yili (2 semestr) tahsil olgan bo’lish
GPA kamida 3,3
Akademik qarzdorlik bo’lmasligi
To’lov-kontrakt bo’yicha qarzdorlik bo’lmasligi
Intizomiy jazo olmagan bo’lish
Talab qilinadigan hujjatlar:
To’ldirilgan ariza shakli (quyidan yuklab oling)
Pasport nusxasi
GPA / akademik o’zlashtirish ma’lumotnomasi (dekanat yoki Registrator ofisidan)
Akademik qarzdorlik yo’qligi to’g’risida ma’lumotnoma
To’lov-kontrakt qarzdorligi yo’qligi to’g’risida ma’lumotnoma (Moliya bo’limidan)
Faollikni tasdiqlovchi sertifikatlar/diplomlar (ixtiyoriy)
Hujjatlarni topshirish:
📧 scholarship@bsmi.uz
🗓 Oxirgi muddat: 2026-yil 20-iyul