E'lonlar

Bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi

Объявления

Bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi

2025-yil 27-mart kuni Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Jumayevich Teshayev tashabbusi bilan Peshko‘ tumani Quchoq MFY hududidagi oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etiladi.

⏰ Boshlanish vaqti: 09:00
📍 Manzil: Quchoq MFY oilaviy poliklinikasi
👥 Kimlar uchun: Quchoq, Mang‘itlar, Sariob va Nabiraxo‘ja qishloqlari aholisi

Mazkur tibbiy ko‘rik aholining sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida o‘tkaziladi.

Shuningdek, soat 10:00 da deputatning sayyor qabuli bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar o‘zining ijtimoiy muammolari, taklif va fikr-mulohazalari bilan murojaat qilishlari mumkin.

Hurmatli fuqarolar! Ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z salomatligingizni tekshirtirish va muammolaringiz yuzasidan murojaat qilish uchun tadbirda faol ishtirok eting!