Ilmiy seminar majlisi (PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02)
18.10.2021 2021-10-18 14:55Ilmiy seminar majlisi (PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02)
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi
2021 yilning 19 oktyabr kuni soat 14.00 da Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi onlayn formatda bo’ladi. Ilmiy seminar majlisining kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- 14.00.13 – Nevrologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Buxoro davlat tibbiyot instituti mustaqil izlanuvchisi Boboqulov Gulmurod Dilmurodovichning «Hemorragik va ishemik insultlarni qiyosiy tashxislash, reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirish usullari» mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
- 14.00.13 – Nevrologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Buxoro davlat tibbiyot instituti mustaqil izlanuvchisi Shadmanova Sidiqa Qurbonovnaning «O’tkir miokard infarkti bor bemorlarda o’tkir ishemik insult rivojlanishining klinik-funksional prediktorlari» mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Ilmiy seminar majlisi Buxoro davlat tibbiyot institutining kichik majlislar zalida onlayn formatda bo’ladi.
(manzil: Buxoro sh., Navoi shoh ko’chasi, 1- uy)