Buxoro davlat tibbiyot instituti quyidagi lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:
10.09.2025 2025-09-19 17:25Buxoro davlat tibbiyot instituti quyidagi lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:
📌 Kafedra mudiri lavozimiga talabgorlar
- Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasi – 1 o‘rin
- Epidemiologiya, dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi kafedrasi – 1 o‘rin
- Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi – 1 o‘rin
- Tibbiy va biologik kimyo kafedrasi – 1 o‘rin
- Fakultet va gospital xirurgiya, urologiya kafedrasi – 1 o‘rin
📌 Professor lavozimiga talabgorlar
- Fakultet va gospital xirurgiya, urologiya kafedrasi – 1 o‘rin
- 2-son Pediatriya kafedrasi – 1 o‘rin
📌 Dotsent lavozimiga talabgorlar
- Epidemiologiya, dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi kafedrasi – 1 o‘rin
- Anesteziologiya va reanimatsiya, bolalar anesteziologiyasi va reanimatsiyasi kafedrasi – 1 o‘rin
- Umumiy xirurgiya kafedrasi – 1 o‘rin
- Nevrologiya kafedrasi – 1 o‘rin
- Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi – 1 o‘rin
- 1-son akusherlik va ginekologiya kafedrasi – 1 o‘rin
- Terapevtik stomatologiya kafedrasi – 2 o‘rin
- Fakultet va gospital xirurgiya, urologiya kafedrasi – 1 o‘rin
- Patologik fiziologiya va patologik anatomiya kafedrasi – 1 o‘rin
📌 Qatnashish shartlari
- Professor lavozimi uchun: fan doktori (DSc) ilmiy darajasi hamda dotsent ilmiy unvoni talab etiladi.
- Dotsent lavozimi uchun: fan doktori, fan nomzodi (PhD) yoki dotsent unvoni talab etiladi.
- Katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent) lavozimlari uchun: fan nomzodi yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot (magistr)ga ega bo‘lish talab etiladi.
📅 Hujjatlar e’lon qilingan kundan boshlab bir oy davomida qabul qilinadi.
📍 Manzil: Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 23-uy,
BuxDTI Kengashi kotibasi.