Buxoro davlat tibbiyot institutida davlat granti uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
17.06.2023 2023-06-23 10:04Buxoro davlat tibbiyot institutida davlat granti uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining bakalavr ta’lim shakliga – 330 nafar;
— magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 91 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasasi sifatida BuxDTI Kuzatuv kengashl tomonidan joriy yilning 20- iyunga qadar tasdiqlanadi.
Umumiy to‘liq kvotalar haqida institutning veb sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan xabardor bo‘lishingiz mumkin.