DIQQAT E`LON!
30.08.2024 2024-08-30 14:49DIQQAT E`LON!
Abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti doktorantura vatayanch doktoranturaga 2025 yil
uchun ajratilgan qabul kvotalarigao`rinlarni e`lon qiladi.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni
taqdim etishlari lozim:
1.Ariza;
2.Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
4. Magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik, oliy
ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi guvohnoma
nusxasi;
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis va
ularning nusxalari.
6.Ish joyidan tavsifnoma.
7.Pasport nusxasi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, nomli
stipendiyalar sohiblari tegishli hujjat nusxasi (agar mavjud bo‘lsa).
9. Milliy yoki unga mos darajadagi halqaro (kamida B1 darajadagi)
sertifikatining asl nusхasini taqdim etadilar. (Asos: 2024 yil 24
maydagi №PF-81 sonli Prezident Qarori. Oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar
vazirligining 2024 yil 14 iyundagi №211 sonli buyrug‘i).
Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim
etadilar:
1. Ariza;
2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi
(ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy
davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi
to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
5. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy
darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining
batafsil loyihasi;
6. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti
asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda 3 ta maqola va
2 tezis va ularning nusxalari.
7. Ish joyidan tavsifnoma.
8. Pasport nusxasi.
9. 9. Milliy yoki unga mos darajadagi halqaro (kamida B1 darajadagi)
sertifikatining asl nusхasini taqdim etadilar. (Asos: 2024 yil 24
maydagi №PF-81 sonli Prezident Qarori. Oliy ta`lim,fan va innovatsiyalar
vazirligining 2024 yil 14 iyundagi №211 sonli buyrug‘i).
Xujjatlar 15-sentabrdan 14-oktabrga qadar qabul qilinadi
(phd.mininnovation.uz saytiga talabgorning o‘zi tomonidan
yuklanadi.)
Manzil: Buxoro shahar, G‘ijduvon ko‘chasi, 1-uy.
Telefonlar: (99) 700-77-67