E'lonlar

Diqqat: kontraktlar oshmaydi!

Контракт

Diqqat: kontraktlar oshmaydi!

⚡️Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talablari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rligi, xalqchil siyosati natijasida 2022/2023 o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga qulay sharoitlar yaratish, global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno  tariqasida,  2022/2023 o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlari davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida ham, bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2021/2022 o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.