E'lonlar

DIQQAT, TANLOV!

Объявления

DIQQAT, TANLOV!

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti 2023 yil uchun quyidagi keltirilgan ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktoranturaga (PhD), doktoranturaga (DSc) o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi:

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  1. Ariza;
  2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  4. Magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
  5. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis va ularning nusxalari.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar sohiblari tegishli hujjat nusxasini.
  7. Milliy yoki unga mos darajadagi halqaro sertifikat (B2) darajaga эgalik sertifikatini taqdim etadilar. (Asos: 2021 yil 19 maydagi №PQ-5117 sonli Prezident Qarori. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 iyundagi №220 sonli buyrug‘i.

Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

  1. Ariza;
  2. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  4. Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  5. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  6. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shu jumladan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda 3 ta maqola va 2 tezis va ularning nusxalari.
  7. Milliy yoki unga mos darajadagi halqaro sertifikat (B2) darajaga egalik sertifikatini taqdim etadilar. (Asos: 2021 yil 19 maydagi №PQ-5117 sonli Prezident Qarori. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 30 iyundagi №220 sonli buyrug‘i.)

Shuningdek, tibbiyotning barcha mutaxassislari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc) va (PhD) ham xujjatlar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilikka (DSc va PhD) talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qilishi lozim:

  1. Qisqacha biografik ma’lumotnoma;
  2. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
  4. Ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;
  5. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
  6. ish joyidan tavsifnoma.

Manzil: Buxoro shahar, Navoiy shoh ko‘chasi, 1-uy.

Telefonlar: (65) 223-40-21; (97) 911-33-30; (97) 853-22-26.