E'lonlar

DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA HUJJAT TOPSHIRUVCHI TALABGORLAR DIQQATIGA!

Объявления

DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA HUJJAT TOPSHIRUVCHI TALABGORLAR DIQQATIGA!

Hurmatli talabgorlar!
Doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul jarayonida taqdim etilayotgan ilmiy ishlar talabgorning rejalashtirilayotgan dissertatsiya tadqiqoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi hamda kelgusidagi ilmiy izlanishlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Shu munosabat bilan talabgorlar quyidagi talablarga e’tibor qaratishlari so‘raladi:
1. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun
Dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan quyidagi ilmiy natijalarga ega bo‘lish:
Ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqola;
Tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan kamida 2 ta ma’ruza tezisi.
2. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun
Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishgan bo‘lish, jumladan:
Ilmiy jurnallarda chop etilgan, fan doktori (DSc) dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan kamida 3 ta ilmiy maqola;
Ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida chop etilgan kamida 2 ta ilmiy tezis.
MUHIM!
Doktorantura va tayanch doktoranturaga qabul uchun taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar, ma’ruza tezislari va boshqa ilmiy ishlar talabgorning rejalashtirilayotgan dissertatsiya tadqiqoti mavzusi hamda ilmiy yo‘nalishiga mos bo‘lishi, kelgusida olib boriladigan ilmiy izlanishlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Ilmiy ishlarni tanlashda ularning soni bilan bir qatorda, mazmunan dissertatsiya tadqiqotiga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
Talabgorlardan hujjatlarni taqdim etishda mazkur talablarga qat’iy rioya qilishlari so‘raladi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti
Ilmiy bo‘lim