“Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi
23.02.2026 2026-03-02 9:56“Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi
(1-bosqich — Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti saralashi)
💡 Sizda g‘oya bormi? Uni startapga aylantiring!
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovining 1-bosqichi e’lon qilinadi.
Ijodkor, tashabbuskor va yangicha fikrlaydigan talabalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
✅ Kimlar qatnasha oladi?
Institutning bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan barcha talabalar.
🏆 Bosqichlar va imkoniyatlar
🔹 1-bosqich — institut miqyosida saralash
🔹 Institut bosqichida 3 nafar g‘olib respublika bosqichiga yo‘llanma oladi
🔹 Institut bosqichida g‘olib bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishda institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qisman moliyalashtirish ko‘zda tutiladi
🔹 Respublika bosqichiga borish bilan bog‘liq barcha xarajatlar institut tomonidan qoplanadi
🔹 Ishtirokchilar startap g‘oyasini yuqori bosqichda himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi
💰 Respublika bosqichi mukofotlari
G‘oliblar loyiha grantlari hamda quyidagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🏆 1-o‘rin — 100 million so‘m (1 ta o‘rin)
🥈 2-o‘rin — 50 million so‘m (2 ta o‘rin)
🥉 3-o‘rin — 25 million so‘m (4 ta o‘rin)
📅 Muhim sanalar
📌 Hujjatlarni qabul qilish muddati: 2026-yil 30-martga qadar
📌 Ko‘rib chiqish va g‘oliblarni aniqlash: 2026-yil 15-aprel
📌 Respublika bosqichi: 2026-yil may oyi
📌 Loyihalar qanday tartibda ko‘rib chiqiladi?
✅ 1) Qabul qilish talablari
Loyihalar belgilangan talab va muddatlarga muvofiq qabul qilinadi.
Arizada amalga oshirish mexanizmi va kutilayotgan natijalar aniq ko‘rsatilishi shart.
⛔️ 2) Noto‘liq yoki kech topshirilgan loyihalar
To‘liq rasmiylashtirilmagan yoki kech topshirilgan loyihalar qabul qilinmaydi.
Kamchilik aniqlansa — loyiha 1 hafta muddatda takomillashtirish uchun qaytariladi.
🎤 3) Himoya va baholash jarayoni
Loyihalar Saralash va Tanlov komissiyalari oldida taqdimot (prezentatsiya) shaklida himoya qilinadi.
Qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi, teng ovoz bo‘lsa — rais ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
📢 4) Natijalar e’lon qilinishi
Ichki bosqich natijalari — OTM tomonidan e’lon qilinadi.
Respublika bosqichi g‘oliblari — Vazirlik tomonidan e’lon qilinadi.
✨ Eslatma: Ayniqsa tibbiyot, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, biotexnologiya yo‘nalishlaridagi kreativ va innovatsion g‘oyalar qo‘llab-quvvatlanadi.
🔥 G‘oyangizni yashirmang — uni loyihaga aylantiring!