Giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi videoroliklar tanlovi e’lon qilindi
25.03.2025 2025-03-26 9:38Giyohvandlikka qarshi kurashish yo‘nalishidagi videoroliklar tanlovi e’lon qilindi
Ishtirokchilar o‘z anketalari va videoroliklarini 2025 yil 1 fevraldan 1 maygacha tanlov@ncdc.uz elektron pochtasi orqali, shuningdek, elektron vositalarda shaxsan taqdim etishlari mumkin.
Tanlovning g‘olib va sovrindorlari quyidagilar bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin uchun notebook;
🥈 2-o‘rin uchun planshet;
🥉 3-o‘rin uchun smartfon;
🎁 «Eng yaxshi g‘oya», «Eng yaxshi operator» va «Eng yaxshi aktyor (aktrisa)» nominatsiyalari g‘oliblari uchun Milliy markazning esdalik sovg‘asi.
G‘olib va sovrindorlar «26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni» arafasida e’lon qilinadi va tantanali ravishda taqdirlanadi.