Ilmiy seminar majlisi (PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 )
13.12.2021 2021-12-13 19:24Ilmiy seminar majlisi (PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 )
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar majlisi.
2021 yilning 20 dekabr kuni soat 12.30 da Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi onlayn formatda bo’ladi. Ilmiy seminar majlisining kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- 14.00.13 – Nevrologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Toshkent tibbiyot akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Hamrayev Naim Rustamovichning «Miya travmatik kasalligi bo’lgan bolalarni davolash bosqichlarida reabilitatsiya salohiyati va hayot sifatini baholash» mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
- 14.00.13 – Nevrologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Buxoro davlat tibbiyot instituti mustaqil izlanuvchisi To’xtayev Ilhom To’raqulovichning «Ishemik insultlarda nevrologik o’zgarishlarni kompleks davolashda ignarefleksoterapiyaning samaradorligini baholash» mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Ilmiy seminar majlisi Buxoro davlat tibbiyot institutining kichik majlislar zalida onlayn formatda bo’ladi.
(manzil: Buxoro sh., Navoi shoh ko’chasi, 1- uy)