Ilmiy seminar majlisi (PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02)
12.11.2021 2021-11-12 12:21Ilmiy seminar majlisi (PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02)
Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar majlisi
2021 yilning 16 noyabr kuni soat 14.00 da Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar majlisi onlayn formatda bo’ladi. Ilmiy seminar majlisining kun tartibiga quyidagi masala kiritilgan:
14.00.13 – Nevrologiya ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Buxoro davlat tibbiyot instituti mustaqil izlanuvchisi Akramova Dilshoda Turdiqulovnaning «Parkinsonizmda serebral qon tomirlar buzilishining ko’p omilli tahlili» mavzusidagi dissertatsiya ishining muhokamasi.
Ilmiy seminar majlisi Buxoro davlat tibbiyot institutining kichik majlislar zalida onlayn formatda bo’ladi.
(manzil: Buxoro sh., Navoiy shoh ko’chasi, 1- uy)