E'lonlar Sport tadbirlari

Jismonan sog’lom va ma’nan yetuk yoshlar – Yangi O’zbekiston kelajagi

photo_2022-04-27_14-28-53

Jismonan sog’lom va ma’nan yetuk yoshlar – Yangi O’zbekiston kelajagi

Shu yilning 10-20 may kunlari, Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi sport majmuasida, talabalar o’rtasida «Jismonan sog’lom va ma’nan yetuk yoshlar – Yangi O’zbekiston kelajagi» shiori ostida mini futbol bo’yicha «Rektor kubogi» musobaqalari bo’lib o’tadi.

1-o’rinni egallagan jamoa: 6 million so’m pul yutug’i, «Rektor kubogi» va diplom;

2-o’rinni egallagan jamoa: 4 million so’m pul yutug’i va diplom;

3-o’rinni egallagan jamoa: 2 million so’m pul yutug’i va diplom bilan taqdirlanadi.

Musobaqada qatnashish uchun:
 o’z mini futbol jamoangizni tuzing;
 fakultet dekanatida tasdiqlating;
 tarkib a’zolarini shu yilning 10 may kuniga qadar Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni ta’minlash bo’yicha rektor maslahatchisida ro’yxatdan o’tkazing (3-qavat, 305-xona).

Eslatma:
Oldinda Yengil atletika (qizlar va yigitlar o’rtasida 100 va 1000 metrga yugurish);
«Zakovat» intellektual o’yinlari kabi qimmatbaho yutuqli musobaqalarni o’tkazib yubormang.