E'lonlar

Karimova Muattar Sharifovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi

white megaphone on colored background

Karimova Muattar Sharifovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi

    I. Umumiy ma’lumotlar.

           Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘pka eksperimental pnevmosklerozida qalqonsimon bezning hujayra strukturalari tuzilishining morfofunktsional xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).

           Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2368 

           Ilmiy rahbar:Teshayev Shuxrat Jumayevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.

           Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

           IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01

Rasmiy opponentlar: Nargiza Baxodirovna Zokirova, tibbiyot fanlari doktori,professor; 

Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, (Rossiya Federatsiyasi)

Yetakchi tashkilot: «Abuali ibni Sino nomidagi Tojikiston Davlat Tibbiyot universiteti  (Tojikiston Respublikasi)»

           Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

           IITadqiqotning maqsadi: oq zotsiz kalamushlarda postnatal ontogenezda qalqonsimon bezning normal sharoitda, eksperimental pnevmosklerozda hamda anor danagi moyi bilan korrektsiya qilingandan keyingi morfofunksional xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. 

          III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Ilk bor eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda follikula hajmining nisbatan kichrayishi, follikula bo‘shlig‘ida kolloid miqdorining kamayishi, kolloid quyuqlashishi hamda tiriotsit hujayra hajmini kichrayish va ko‘pchiligining yassi shaklda o‘zgarishi, follikula devorida va intersitsial to‘qimada kollagen tolalar miqdori oshishi asoslangan; 

eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda morfometrik koʻrsatkichlarga asoslanib tomir oʻzani nisbiy yuzasining,  tirosit hujayralari balandligi va stroma nisbatining markaziy hamda  periferik qismlarida oshishi aniqlangan; 

eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda anor danagi moyi bilan korreksiya qilinganda qalqonsimon bezning morfologik va gistomorfometrik koʻrsatkichlarga ijobiy ta’siri isbotlangan;

eksperimental pnevmoskleroz guruhida TTG gormonini nisbatan oshishi, T3 va T4 gormonlarining nisbatan pasayishi, anor danagi moyi qoʻllanilganda T3 va T4 gormonlarining normal koʻrsatkichlarga yaqinlashganligini asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 

Oʻpka eksperimental pnevmosklerozida qalqonsimon bezning hujayra strukturalari tuzilishining morfofunksional xususiyatlari boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:

birinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda follikula hajmining nisbatan kichrayishi, follikula boʻshligʻida kolloid miqdorining kamayishi, kolloid quyuqlashishi hamda tirosit hujayra hajmini kichrayishi va koʻpchiligining yassi shaklda oʻzgarishi, follikula devorida va interstisial toʻqimada kollagen tolalar miqdori oshishi asoslanganligi boʻyicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 noyabrda 23-m/128-son bilan tasdiqlangan «Tajriba usulida oʻpka pnevmosklerozi chaqirilganda qalqonsimon bezdagi morfologik oʻzgarishlarning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali boʻyicha 31.10.2023 yildagi 01/328-son hamda Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi boʻyicha 09.10.2023 yildagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oʻpka pnevmosklerozida qalqonsimon bez epiteliy hujayralari va toʻqimalardagi patologik jarayonlarning qiyosiy tavsifi ochib berilganligi ogʻir asoratlar rivojlanishini oldini olishda profilaktik va davolovchi chora tadbirlarni ishlab chiqishni takomillashtirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: oʻpka pnevmosklerozida yuz beradigan oʻzgarishlar va qalqonsimon bez xujayralarining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik oʻzgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablagʻlari 1198700 soʻmga iqtisod qilinadi.

ikkinchi ilmiy yangilikeksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda morfometrik koʻrsatkichlarga asoslanib tomir oʻzani nisbiy yuzasining,  tirosit hujayralari balandligi va stroma nisbatining markaziy hamda periferik qismlarida oshishi aniqlanganligi boʻyicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 noyabrda 23-m/128-son bilan tasdiqlangan «Tajriba usulida oʻpka pnevmosklerozi chaqirilganda qalqonsimon bezdagi morfologik oʻzgarishlarning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali boʻyicha 31.10.2023 yildagi 01/328-son hamda Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi boʻyicha 09.10.2023 yildagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oʻpka pnevmosklerozi kasalligida tajriba hayvonlari qalqonsimon bezidagi morfologik oʻzgarishlarni xususiyatlarini oʻrganish orqali, ushbu kasallik bilan ogʻrigan bemorlarda davolash taktikasiga oʻzgartirishlar kiritilishini inobatga olinishi nogironlikni oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga asos boʻlgan. Iqtisodiy samaradorligi: oʻpka pnevmosklerozida yuz beradigan oʻzgarishlar va qalqonsimon bez hujayralarining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik oʻzgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablagʻlari 1198700 soʻmga iqtisod qilinadi.

uchinchi ilmiy yangilikeksperimental pnevmosklerozda qalqonsimon bezda anor danagi moyi bilan korreksiya qilinganda qalqonsimon bezning morfologik va gistomorfometrik koʻrsatkichlarga ijobiy ta’siri isbotlanganligi boʻyicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 noyabrda 23-m/128-son bilan tasdiqlangan «Tajriba usulida oʻpka pnevmosklerozi chaqirilganda qalqonsimon bezdagi morfologik oʻzgarishlarning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali boʻyicha 31.10.2023 yildagi 01/328-son hamda Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi boʻyicha 09.10.2023 yildagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: Oʻpka pnevmosklerozi paytida qalqonsimon bez hujayralarining parametrlarining oʻzgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi bilan bir qatorda rivojlanishi mumkin boʻlgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oʻpka pnevmosklerozida yuz beradigan oʻzgarishlar va qalqonsimon bez hujayralarining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik oʻzgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablagʻlari 1198700 soʻmga iqtisod qilinadi.

to`rtinchi ilmiy yangilikeksperimental pnevmoskleroz guruhida TTG gormonini nisbatan oshishi, T3 va T4 gormonlarining nisbatan pasayishi, anor danagi moyi qoʻllanilganda T3 va T4 gormonlarining normal koʻrsatkichlarga yaqinlashganligini asoslanganligi boʻyicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 noyabrda 23-m/128-son bilan tasdiqlangan «Tajriba usulida oʻpka pnevmosklerozi chaqirilganda qalqonsimon bezdagi morfologik oʻzgarishlarning xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali boʻyicha 31.10.2023 yildagi 01/328-son hamda Buxoro viloyat Patologik anatomiya byurosi boʻyicha 09.10.2023 yildagi 96-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/54-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: anor danagi moyining davolovchi ta’siri aniqlanishi uning pnevmosklerozda qoʻllanilishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi, ular oʻz navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori boʻlgan hayotga xavf tugdiruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: oʻpka pnevmosklerozida yuz beradigan oʻzgarishlar va qalqonsimon bez hujayralarining tuzilmalaridagi morfologik va morfometrik oʻzgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik xolatning erta inobatga olinishi davolash samaradorligini oshiradi, natijada bemorlarga sarflanadigan byudjet mablagʻlari 1198700 soʻmga iqtisod qilinadi.