“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi
25.10.2024 2024-10-25 17:15“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti OʻzbekistonRespublikasi Prezidentining 17.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston RespublikasiKonstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”giF-53-son Farmoyishi 1 ilovasi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston RespublikasiKonstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish vaularni oʻtkazish dasturi” ga binoan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlattibbiyot instituti talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar vadoktorantlar oʻrtasida vatanparvarlik ruhini yanada kuchliroq shakllantirishmaqsadida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiymaqolalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov shartlari
1. “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolayozish
2. Times new Roman shrift, 12 font size da 1500 so’zdan iborat (Abstract vareferencelarni hisobga olmaganda).
3. 1-dekabrgacha +998914466080 raqamiga yuboring.
Mukofotlar
1. O’rin. Ibn Sino vorislari gazetasida maqolani bepul chop qilish, sertifikat.
2. O’rin. Sertifikat, esdalik sovg’alar
G’oliblar 7-dekabr kuni e’lon qilinadi.