E'lonlar

KREATIV TA’LIM KONGRESSI

5225

KREATIV TA’LIM KONGRESSI

Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, joriy etish va natijalarini tadbiq etishga bag‘ishlangan “InnoWeek” – innovatsion g‘oyalar haftaligi Markaziy Osiyo miqyosida tibbiyot, farmatsiya, reabilitatsiya, xalq tabobati, tashxislash, profilaktika, ekologiya, bolalar salomatligi,biologiya va mikrobiologiya sohalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman.

ASOSIY YO‘NALISHLAR

  • Ginekologiya va reproduktologiya
  • Bolalar kasalligi va gigiyena
  • Jarrohlik va bolalar jarrohligi
  • Onkologiya, radiologiya va onkoginekologiya
  • Stomotologiya va kosmetologiya
  • Nevrologiya va neyroxirurgiya
  • Ichki kasalliklar va endokrinologiya
  • Immunologiya va morfologiya
  • Tibbiyot kimyosi, biokimyosi va tibbiyot fizikasi
  • Normal fiziologiya, patologik fiziologiya va patologik anatomiya

kabi ilm-fan va tibbiyotga doir maqolalar, ilmiy innovatsion ishlanmalar, start-up va amaliy loyihalar bilan ishtirok etishingiz yoki ishtirokchilarning ishlanmalari bilan tanishib baho berishingiz, o’zingizni qiziqtirgan mavzularni joriy qilish uchun mualliflar bilan shartnomalar tuzishga taklif etamiz.

TADBIR DASTURI

– Ta’limda innovatsion texnologiyalarning o’rni mavzusida seminar;

– Kreativ ta’limga yondashuv mavzusida seminar

ISHTIROKCHILAR:

Talaba yoshlar, professor-o’qituvchilar, ilmiy taqdiqotchilar (500dan ortiq);

ISHTIROK ETUVCHI TASHKILOTLAR:

Buxoro viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro muhandislik texnologiya instituti, Buxoro davlat universiteti, viloyat tarmoq tashkilotlari, professional ta’lim muassasalari, yosh ixtirochilar hamda tadbirkorlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari hamda mahsulotlari bilan qatnashadi.

TADBIR MAQSADI:

Ilmiy salohiyatni oshirish orqali innovatsiyalarni rivojlantirish.

O‘TKAZISH VAQTI VA JOYI:

Buxoro davlat tibbiyot instituti faollar zali, 20.10.2023yil. soat 09.30-16.00

Konferentsiya materiallari E3S Web of Conferences jurnalida (E-ISSN: 2267-1242) EDP Sciences (Fransiya) indekslash Scopus nashriyotida chop etiladi.

Tezis va maqolalar anjumanning konferensiya jurnalida onlayn tarzda qo‘yiladi.

KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH UCHUN HAVOLA: