E'lonlar

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashda  buyurtmachilar ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Объявления

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashda  buyurtmachilar ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

“Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashda  buyurtmachilar ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.01.2026 yildagi 8-son qabul qilindi. (https://lex.uz/ru/docs/7982830)

Quyidagi tartiblarni belgilovchi Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi:

  • kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha vazirlik, idora va tashkilotlarning buyurtmalariga muvofiq ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari orasidan munosib nomzodlarni tanlab olish;
  • ish beruvchi, oliy ta’lim muassasasi va talaba o‘rtasida talaba o‘qishni tugatgandan so‘ng ishga joylashishi sharti bilan uning kontrakt to‘lovini ish beruvchi tomonidan qoplanishini nazarda tutuvchi uch tomonlama kelishuv tuzilishi;
  • ish beruvchining talablariga muvofiq asosiy fanlarga qo‘shimcha ravishda tanlov fanlari sifatida qo‘shimcha ta’lim modullarini joriy etish va ushbu fanlar bo‘yicha talabaga kredit ballarini qo‘yish;
  • semestr yakunida ish beruvchining talabaning o‘rganilayotgan fanlarni o‘zlashtirishi ustidan nazorati;
  • ish beruvchining takliflari asosida talabaning diplom ishi mavzusini uning faoliyati yoki investitsiya loyihalari bilan bog‘liq masalalarni hisobga olgan holda belgilash;
  • uch tomonlama kelishuv asosida o‘qiyotgan bitiruvchilarni ish beruvchi tomonidan kafolatlangan ish bilan ta’minlash sharti bilan ishga qabul qilish.

Uch tomonlama shartnomalarni tuzishda buyurtmachi sifatida qiymati 1 mln AQSh dollaridan kam bo‘lmagan investitsiya loyihalariga ega bo‘lgan yoki xodimlarining soni 50 nafardan ortiq bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.

Talabalar har yili 20 sentabrga qadar o‘qishni tugatgandan so‘ng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan tanlovda ishtirok etish uchun elektron ariza topshiradi.

Bunda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ilova qilinadi. Talabgorlardan joriy o‘quv yilida GPA ko‘rsatkichi 3 va undan yuqori darajada bo‘lishi talab etiladi.

Tanlov komissiyasi har yili 15 oktabrga qadar OTMda suhbat asosida talabgorlarni tanlab oladi.