E'lonlar

OTMga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyoziga egalar qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinadi

magistr

OTMga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyoziga egalar qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinadi

“Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan:

davlat OTMlarida ular imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;

o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning taklifi asosida Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

davlat OTM magistraturasiga qabul abiturientning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, davlat OTM magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi. Bunda:

avgust oyidagi qabul – navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarining kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq;

yanvar oyidagi qabul – dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Davlat OTM magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abiturientlarning to‘lov-kontrakt summasi OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.

OTMga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.