E'lonlar

Scopus bazasida maqola chop etgan professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida.

Объявления

Scopus bazasida maqola chop etgan professor-o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida.

Institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ilmiy maydondagi faolligini oshirish hamda institut nufuzini yuksaltirish maqsadida 2025-yil yakunlariga ko‘ra Scopus ma’lumotlar bazasida maqola chop etgan professor-o‘qituvchilar uchun bir martalik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari joriy etildi. Institut Kengashining 2026-yil 23-martdagi 8-sonli qaroriga muvofiq, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat asosida ilmiy maqolalari Scopus bazasida e’lon qilingan professor-o‘qituvchilarga belgilangan me’yorlar doirasida rag‘batlantirish mablag‘lari ajratiladi.

Mazkur qarorga asosan, 278 ta ilmiy maqola mualliflariga jami 746 million 450 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ institutning budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan to‘lab beriladi. Rag‘batlantirilgan professor-o‘qituvchilar ro‘yxati institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Ushbu tashabbus ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, xalqaro nashrlardagi faollikni qo‘llab-quvvatlash va institutning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.